Lepidodendron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lepidodendron (yun. lepis - tangacha, qipiq va dendron — daraxt) — lepidodendrondoshlar oilasiga mansub, urugʻi qurib ketgan plaunsimonlar turkumi. Boʻyi 20—30 m, tanasining pastki qismi diametri 2 m ga yaqin, yuqori qismi dixotomik shoxlangan, tanasi qipiqsimon poʻstloq bilan qoplangan. L.ning poʻstlogʻi hozirgi oʻsimliklar singari koʻchib tushmasdan qalinlashib boradi. L. toshkoʻmir va perm davrida tropik mintaqada keng tarqalgan. L. qoldiklari toshkoʻmir qatlamlarining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil