Leonov Leonid Maksimovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leonov Leonid Maksimovich [1899.19(31).5 - Moskva - 1994] - rus yozuvchisi, akad. (1972). Ijodi 1922 y.dan boshlangan. "Boʻrsiqlar" (1924) romani L.ning rus maishiy hayoti va meshchanlar ruhiyatini yaxshi bilishini namoyish etgan. L. "Oʻgʻri" (1927, qayta ishlangan nashri 1959), "Sot" (1929) romanlari, "Qishlokdagi voqea", "Oq tun" (1928) kabi qissalarida rus xalqi hayotining murakkab manzaralari, yangi iqtisodiy siyosat davri fojialarini aks ettirgan. "Skutarevskiy" (1932), "Okean sari yoʻl" (1936) va b. romanlarida rus ziyolilari — olimlar, sanʼatkorlar, injenerlar takdiri, ular boshiga tushgan fojialar hikoya qilingan. L. 30-y.

larda dramaturg sifatida ham ijod etib, mehnat mavzuida "Polovchan bogʻrogʻlari" (1938), "Boʻri" (1938), 40-y.

da esa urush mavzusida "Istilo" (1942) pyesalarini yozgan. L. ijodida 2-jahon urushi manzaralari aks ettirilgan "Rus oʻrmoni" (1953) romani muhim oʻrinni egallaydi. L.ning "Evgenia Ivanovna" (1938, nashr etilishi 1963) qissasida hayot yoʻli xorijda yakunlangan rus ayolining murakkab qismati katta mahorat bilan tasvirlangan. "Oltin arava" (1946, qayta ishlanishi 1955) pyesasi va "Mister Mak-Kinlining qochishi" (1961; shu nomdagi film, 1976) kinoqissasi bor. L. rus mumtoz adabiyoti, ayniqsa, F.M.Dostoyevskiy ijodiga xos vatanparvarlik va ruhiy taxlil anʼanalarini davom ettirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil