Leonid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leonid (miloddan avvalgi 508/507 - 480) -Sparta shohi (488 yildan). L. yunon-fors urushlari davrida fors shohi Kserks I ga qarshi kurashgan yunon qoʻshinlariga boshchilik qilgan (480). U Fermopil darasi yonida spartaliklarning kichik otryadi (300 kishi)ga bosh boʻlib, chekinayotgan yunon qoʻshinlarini himoya qilish jangida halok boʻlgan. Antik rivoyatlarda L. — vatanparvar vajangchi timsolidir. L. toʻgʻrisida badiiy film ("300 ta spartalik") yaratilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil