Leonardo Pizano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leonardo Pizano (Leonardo Pisano), Fibonachchi (Fibonacci) (1170—1240) — italyan matematigi. Sharqqa sayohat qilib, arab mat. yutuqlari bilan tanishib, ularning Gʻarbda tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. U arifmetika (hind raqamlari, Fibonachchi sonlari) va algebra (kvadrat tenglamalar ham kiritilgan) haqida risola (1202) va "Amaliy geometriya" nomli asar (1220) yozgan. L.P.ning bu asari algebraning geometriyaga tatbiqi haqida maʼlumot beruvchi birinchi asardir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil