Leon (Meksika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leon — Meksikaning markaziy qismidagi shahar. Guanaxuato shtatida. Meksika togʻligining jan.da, 1800 m balandlikda joylashgan. Aholisi 760 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim koʻn-poyabzal sanoati va q.x. rayonining savdo markazi. Q.x. mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bor. Shuningdek, metallsozlik, kimyo va toʻqimachilik sanoati rivojlangan. L. yaqinidan rangli metall rudalari, oltin, kumush qazib olinadi. Shaharga 1576 y.da asos solingan. Tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil