Leningrad jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leningrad jangi (1941 10 7 -1944.9.8) — 2-jahon urushi davridagi jang . 1941 y.ning iyul-sent.da kuch jihatdan ustunlikka ega boʻlgan nemis fashist qoʻshinlarining "Shimol" armiya guruhi, sovet qoʻshinlari qarshiligini yengib, Leningrad sh. atrofiga va Ladoga koʻli sohiliga chiqishgan hamda bu bilan shaharni mamlakat ichkarisidan ajratib qoʻyishgan. 900 kunlik qamal paytida Leningrad fronti qoʻshinlari Boltiq dengizi floti kuchlari va Ladoga harbiy flotiliyasi dushmanning barcha hujumlarini qaytarishdi. Leningrad xalqi vahshiylarcha bomba tashlashlar, ocharchilik va sovuq havoga qaramay, frontga yordam bergan. Shaharni va qoʻshinni taʼminlash "Hayot yoʻli" (Ladoga koʻli) orqali amalga oshirilgan. 1943 y. yanvarda Ladoga koʻlining jan. qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan qismi qamaldan boʻshatilgan. 1944 y.ning martida nemis fashist qoʻshinlari Leningraddan 220—280 km nariga uloqtirib tashlangan. 1944 y. iyun-avg . oylarida Viborg va Svir-Petrozavodsk operatsiyalari vaqtida fin qoʻshinlari tor-mor keltirilgan va bu bilan Leningradga shim.dan boʻlajak xavf bartaraf qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil