Lemb Uillis Yudjin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LEMB (Lamb) Uillis Yudjin (1913.12.7, Los-Anjeles) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1954 y.dan). Kaliforniya universitetini tugatgan (1934). AQSH ning Kolumbiya va b. universitetlari prof. (1948 y.dan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant elektronika va tezlatkichlar texnikasi, mikrotoʻlqin spektroskopiyasiga oid. Shuningdek, vodorod atomi energetik sathining siljishini tajribada aniklagan (1947), gaz lazeri nazariyasini ishlab chiqqan (1962). Nobel mukofoti laureati (1955). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil