Leksema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leksema (yun. lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. L. bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday L. oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy L.sining leksik maʼnosi. — "kishi yashaydigan bino", yugurmoq L.sining leksik maʼnosi — "bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq" va b. Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil