Leipzig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Leipzig
Gerb
Gerb
Mamlakat Olmoniya
Yer Saksoniya
Koordinatalari 51°20′N 12°23′E / 51.333°N 12.383°E / 51.333; 12.383Koordinatalari: 51°20′N 12°23′E / 51.333°N 12.383°E / 51.333; 12.383
Oberburgomistr Burkhard Jung
Maydoni 297,60 km²
Markazi balandligi 113 m
Aholisi 522 883 
Telefon kodi +49 341
Pochta indekslari 04003-04357
Avtomobil kodi L
Идентификационный код 14 3 65 000
Rasmiy sayti www.leipzig.de link (olm.)
Leipzig (Olmoniya)
Leipzig
Leipzig (Saksoniya)
Leipzig

Leypsig — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015 y.da tilga olingan. L. oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-a.dan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. 2-jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari z-di, q.x. va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. L. poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Un-t (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, ped. va b. oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-a.lar), eski ratusha (16-a.), un-t binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va b. mavjud.[1]

Leipzig Olmoniyaning Saksoniya yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 297,60 km2. Aholisi – 522 883 kishi (2010).

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil