Lao She

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lao she (taxallusi; asl ismi Shu Sheyuy) (1899.3.2 - Pekin -1966.24.8) — Xitoy xalq yozuvchisi. "Muhtaram Chjanning falsafasi" (1976), "Ikki Ma" (1928) romanlarida Xitoyga chet el sarmoyasining kirib kelishi, ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari ifodalangan. "Mushuklar saltanati" (1931) satirik romani gomindan tartibi haqida. "Ayriliq" (1933), "Syanszi tuyasi" (1935), "Panjara" (1956) va b. romanlarida oddiy, mehnatkash insonlar qismati aks ettirilgan. L. Sh. Yaponiyaga qarshi urushga (1937—45) bagʻishlab turkum dramalar ham yaratgan ("Nomus", 1940; "Mamqlakat manfaatlari hamma narsadan ustun", 1943 va b.). L. Sh. 1946—49 y.larda AQShda yashab, bu davrda Yaponiyaning Xitoyga bosqini aks ettirilgan "Bir boshpana ostidagi toʻrt avlod" trilogiyasi ustida ishlagan. "Fan Chjench-ju", "Lunsyuygou" (1950), "Choyxona" (1957) pyesalarida 1949 y.dan keyin mehnatkashlar ongidagi oʻzgarishlar hikoya qilinadi. "Adolat mushti" (1961) tarixiy dramasida 1899—1901 y.larda Xitoyda koʻtarilgan qoʻzgolon aks etgan. "Beva ayol qissasi" va "Mushuklar saltanati" satirik romani Baxtiyor Omon tomonidan oʻzbek .tiliga tarjima qilingan (1994, 1996).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil