Lanchjou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lanchjou, Gaolan - Xitoyning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Xuanxe daryosining oʻrta oqimida. Gan-su provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,84 mln. kishi (1998). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Xitoyning yirik sanoat markazlari-dan. Yetakchi sanoat tarmoqlari — neft kimyosi va neftni qayta ishlash hamda mashinasozlik. Boyitilgan uran, sunʼiy kauchuk, elektr priborlari, jun gazlama ishlab chiqariladi. Sement, oyna-shisha, koʻn-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Shim.-Gʻarbiy universitet, Xitoy Fanlar akademiyasi filiali bor. Shahar yaqinida yirik GES qurilgan[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil