Lagerkvist Per Fabian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LAGERKVIST (Lagerkvist) Per Fabian (1891.23.5, Vekshyo - 1974.11.7, Stokgolm) — shved yezuvchisi va dramaturgi. Shvetsiya akad. (1940). "Temir va odam" (1915) novellalari, "Qoʻrquv" (1916) sheʼriy toʻplamlari va "Kayfiyat" (1919) asarida simvolizm taʼsiri seziladi. L. ijodda yangilikka intilib, nazm va nasrda shakliy kashfiyotlar yaratish yoʻlidan borgan. Uning "Oxirgi inson" (1917), "Mangu tabassum" (1920), "Koʻrinmas odam" (1923) dramalarida 1-jahon urushining dahshatlari, inson boshiga tushgan fojealar aks ettirilgan. "Yovuz sagalar" (1924) satirik toʻplam va "Bu dunyo mehmoni" (1925) avtobiografik qissasida turmush haqiqati yorqin ifodalangan . "Jallod" (1933), "Pakana odam" (1944) qissalari, "Ruh" (1937), "Qoʻshiq va jang" (1940) sheʼriy toʻplamlari yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash ruhida. "Varavva" (1950) romanida qahri qattiq qaroqchining tarixi misolida odam Xudoni tanishi va iymonga kelishi haqida soʻz yuritilgan. L. Injil mavzulari asosida yaratilgan "Sivilla" (1956), "Agasferning oʻlimi" (1960), "Muqaddas yer" (1964), "Mariamna" (1967) va b. qissalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1951).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil