Kusto Jak Iv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KUSTO (Cousteau) Jak Iv (1910.11.6, Sen-Andre-de-Kyubzak, Fransiyaning Bordo viloyati — 1997) — fransuz okeanografi, sayyoh. Suv ostida texnik vositalar yordamida tadqiqotlar olib borish va kinoga olishni boshlab beruvchilardan. Yoshligida oilasi bilan AQShda yashagan. Fransiyaga qaytgach, Milliy oliy harbiy-dengiz maktabini tugatgan. 1933-yil dan harbiy kemada, keyinroq harbiydengiz aviatsiyasida xizmatini oʻtagan. 1942-yil K. suv osti jonivorlari haqida film yaratuvchi kompaniyaga asos soladi. 1952-yildan tadqiqotlar olib boruvchi "Kalipso", 1985-yildan "Alkiova" kemalariga rahbarlik qilgan. 1954-yil shu kemada K. Qizil dengiz va Hind okeaniga, Seyshel o.lariga joʻnab ketadi. Vatijada kino soxdsida yuksak mukofotlarga sazovor boʻlgan "Kusto guruhi sarguzashtlari", "Sokinlik dunyosi" kabi koʻp seriyali filmlar yaratildi. Akvalang (E. Ganyan bilan birga), suv osti uyi, "shoʻngʻuvchi likopcha" apparatini ixtiro qilgan. 1957-yildan Movakodagi Okeanografiya muzeyi direktori. Ommabop kitoblar va filmlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil