Kumasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kumasi — Gananing markaziy qismidagi shahar. Ashanti viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 390 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik sanoat va madaniyat markazi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kakaoga ishlov berish korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shaharga 17-asrda Ashanti qabila boshligʻi Kumasi qarorgohi sifatida asos solingan. 17-asr oxiri 19-asrlarda Ashanti davlatining poytaxti boʻlgan. K. tepaliklarda joylashgan. Shaharning shim. qismida afrikaliklar uylari va Ashanti xrki-mining qadimgi saroyi, gʻarbida savdo va maʼmuriy binolar, eski qalʼa (fort) joylashgan. Un-t, oʻrta maxsus oʻquv muassasalari, Ashanti tarix-etnografiya muzeyi, hayvonot bogʻi, badiiy galereya va boshqa bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil