Kucherov reaksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kucherov reaksiyasi — kislotali muhitda (simob tuzlari ishtirokida) atsetilen va uning hosilalarini gidratlab, karbonil birikmalar olish reaksiyasi:

HC≡CH + H2O → CH2=CH(OH) → CH3-CHO

C6H5-C≡CH + H2O → C6H5-C(OH)=CH2 → C6H5-CO-CH3

Reaksiyani rus olimi Mixail Kucherov 1881-yilda kashf etgan. Kucherov reaksiyasidan foydalanib sirka aldegiddan sirka kislota, etil spirt, etil-atsetat, sintetik butadiyen kauchuklar va boshqa birikmalar olinadi. Bugungi kunda katalizatorining zararligi tufayli deyarli qoʻllanilmaydi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil