Krik Frensis Harri Kompton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KRIK (Crick) Frensis Harri Kompton (1916.8.6, Xortxempton) — ingliz fizigi, molekulyar biol. asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1959 y.dan). Kembrij universiteti prof. (1939 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalarning tuzilishini oʻrganishga oid. 1953 y.da J. Uotson bilan hamkorlikda qoʻsh spiral shaklidagi DNK modelini taqlif etgan (Uotson-Krik modeli). Shu model asosida hujayralarning boʻlinishida DNK molekulalaridan nusxa olish mexanizmini tushuntirib bergan (q. Replikatsiya). Genetik kod tamoyillarini birinchi boʻlib aniqlagan. Nuklein kislotalarning molekulyar tuzilishi va irsiy axborotni oʻtkazishdagi ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1962, J. Uotson va M. Uilkins bilan hamkorlikda). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil