Kovrak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kovrak (Ferula) — ziradoshlar (soyabonguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 45 turi oʻsadi. Sassiq K.ning boʻyi 1 m cha, ildizi sholgʻomsimon, diametri 15 sm cha. Poyasi tik, yoʻgʻon, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, 3 boʻlakli, poyadagilari maydaroq, ketmaket joylashgan. Toʻpguli yirik, sharsimon, diametri 20 sm, yon toʻpgullari maydaroq. Erta bahorda gullaydi. Mevasi — ikki boʻlakli. Choʻllarda oʻsadi. Ildizidan olinadigan yelim (smola)dan astma va baʼzi nerv kasalliklarida ishlatiladigan dori tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil