Konsentratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsentratsiya [lot. con (cum) — birga va centrum — markaz] — biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. K i m yo d a — eritma yoki erituvchining maʼlum ogʻirlik miqdori yoki hajmida erigan modda miqdori. K. bir necha xil ifodalanadi: ogʻirlik K., atom K., hajmiy K., protsentli K., normal K., molyar K., mol nisbat, mol protsent. Ogʻirlik K. — eritmadagi modda ogʻirlik miqdorining eritma umumiy ogʻirlik miqdoriga nisbatini, atom K. eritmadagi moddalar gramm-atomlar sonining eritmadagi umumiy gramm-atomlar soniga nisbatini, hajmiy K. eritmadagi modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbatini koʻrsatadi. Protsentli K. 100 g eritmada erigan moddaning g hisobidagi miqdorini, normal K. 1 l eritmada erigan moddaning gramm-ekvivalentlar sonini, molyar K. 1 l eritmada erigan moddaning gramm-molyar sonini, molyal K. 1000 g erituvchida erigan moddaning molyar sonini koʻrsatadi. Mol nisbatlar — agar eritmada birinchi moddadan p, mol, ikkinchi moddadan p2 mol boʻlsa, birinchi moddaning mol nisbati (konsentratsiyasi) N =■ moddaning mol nisbati ikkinchi V = “’ 2 n +"2 boʻladi. Doimo N,+N2=l. Agar mol nisbat 100 ga koʻpaytirilsa, mol protsent olinadi. Eritmaning zichligi maʼlum boʻlsa, ogʻirlik ifodalanadigan konsentratsiya (% li K.) hajm bilan ifodalangan K.ga — normal, molyar K.ga oʻtishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil