Mahammadjon Komilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Komilov Mahammadjon Komilovichdan yoʻnaltirildi)

Mahammadjon Komilovich Komilov (1917.12.3 - Toshkent - 2000.9.4) -koʻz kasalliklari mutaxassisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1967), tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1971). Toshkent tibbiyot institutini tugatgan (1939). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1940—46). Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri (1957—88), professor-konsultant (1988— 90). Traxoma, oʻtkir konʼyunktivit, blefarit, koʻz jarohatlari, glaukoma, katarakta, koʻz qon tomiri kasalliklarini davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib borgan. Oʻzbekiston oftalmologlari ilmiy jamiyati boshqaruvi raisi (1957—90). "Jasorat" medali (1994) bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Traxoma, T., 1960; Diagnosticheskiye oshibki v oftalmologii, T., 1978.