Kollektor (melioratsiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kollektor (melioratsiyada) —drenaj tarmogʻining suv yigʻuvchi qismidan kelayotgan suvni qabul qilib, melioratsiyalanadigan maydondan chiqarib yuboradigan ochiq kanal yoki drenaj quvuri. K. xoʻjalik, xoʻjaliklararo va magistral turlariga boʻlinadi. Ularning jami kollektor-drenaj tarmogʻinm hosil qiladi. Odatda, K. pastliklardan, xoʻjaliklar va almashlab ekish dalalari chegaralari boʻylab oʻtkaziladi. Tekis maydonlarda K.lar zovur va uchastkaning optimal uzunligini, qishloq xoʻjaligi mashinalarining unumli ishlashini hisobga olgan holda birbiridan 0,8—1,2 km oraliqda quriladi. Ochiq K.ning koʻndalang kesimi koʻpincha trapetsiya shaklida boʻladi. K.dagi suv sathi unga kuyiladigan zovur va kollektorlar sathidan 0,1 — 0,3 m quyiroq boʻlishi kerak. Agar drenaj suvlarining oqib ketish iloji boʻlmasa, K.ga nasos st-yalari quriladi. K. koʻndalang kesimining eng koʻp uchraydigan oʻlchamlari: xoʻjalik K. — chuqurligi 3,0—6,6 m, tubining kengligi 1,0—1,5 m, K.ning daxleiz qirgʻoqboʻyi kengligi — 40–80 m; xoʻjaliklararo K.larda yuqoridagi koʻrsatkichlar 4,5—8,0 m, 1,0—3,0 va 80–140 m. Magistral K. yana ham kattaroq boʻladi. K.ning yon bagʻri 1:1,5; 1:2,5; tubining nishabligi 0,003 dan kam boʻlmasligi lozim.

Chiqarib yuboriladigan zaxob suv miqdorini hisobga olish uchun xoʻjaliklararo va magistral K. lar suv oʻlchash postlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistondagi eng yirik magistral K.lar: Sirdaryo vi-loyatida — Shoʻroʻzak, Markaziy Mirzachoʻl, Asosiy Qayir; Fargʻona vodiysida — Shimoliy Bagʻdod, Soʻx — Isfara, Achchiqkoʻl, Yozyovon, Sari Joʻga; Buxoro viloyatida — Shimoliy Buxoro, Parallel, Bosh Qorakoʻl; Xorazm viloyatida Koʻlli, Devonkoʻl va Daryolik (davlatlararo). Ularning oʻz. 30–180 km, suv oʻtkazish imkoniyati — 10–170 m³/s, suv yigʻadigan maydoni 13—225 ming ga. Ochiq K.larni ishlatish davomida oʻtkaziladigan ishlar: drenaj oqimini va uning minerallashuvini hisobga olish, loyqa va oʻt bosishdan saqlash va boshqa

Ochiq K.lar qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning kattagina qismini egallaydi, yer isrof boʻladi (ularga ajratiladigan may-don sugʻoriladigan yerlarning 5—10% ini tashkil etadi). Shuning uchun ham yangi yerlarni oʻzlashtirishda, asosan, yopiq xoʻjalik K.lari qurilmoqda (yana qarang Gorizontal drenaj).

Masharif Boqiyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil