Kojaeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kojaeli, Vifin yarim oroli — Turkiyadagi yarim orol. Qora dengiz, Bosfor boʻgʻozi va Marmar dengizining Izmit qoʻltigʻi oraligʻida. Oʻz. 75 km chamasida, kengligi 50 km gacha. Bal. 537 m gacha boʻlgan plato va doʻng tepalardan iborat. Kvarsit, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Keng bargli oʻrmonlar, Oʻrta dengiz boʻyi butalari bilan qoplangan. Jan. sohillarida qurortlar (jumladan, Anadolu Rivyerasi) bor. K.da Izmit, Istanbulning Osiyodagi qismi — Uskudar joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil