Koʻzoynakli ilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻzoynakli ilon (Naja naja) - kapcha ilonlar guruhiga mansub ilonlarning bir turi. Oʻz. 1,6–2 m. Xavf tugʻilganida kengayadigan boʻynining orqa tomonida koʻzoynak shaklidagi oqish rasm boʻladi (nomi shundan olingan). Hind Koʻzoynakli ilonining "koʻzoynak" rasmi bitta halqadan iborat. Janubiy va Jan.-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Toshlar va butalar orasida, termitlar va kemiruvchilar inida, baʼzan harobalarda yashaydi. Daraxtlarga urmalab chiqadi, suvda yaxshi soʻzadi. Kunning 2-yarmida va kechqurunlari faol. Suvda va quruklikda yashovchilar, kemiruvchilar, baʼzan qushlar va boshqa sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. 8—45 ta tuxum qoʻyadi. Oʻta zaharli. Zaharidan tibbiyotda kapcha ilonlar zahariga qarshi zardoblar olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil