Koʻchmanchi chigirtka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻchmanchi chigirtka, osiyo chigirtkasi, toʻqay chigirtkasi, qamishzor chigirtkasi, botqoqlik chigirtkasi (Locusta migratoria L.) — gala boʻlib yashovchi chigirtka turi. Yevrosiyodan Afrika, Avstraliyagacha boʻlgan joylarda, Yevropaning jan. qismi, Zakavkazye, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir jan. va Uzoq, Sharkda tarqalgan. Oʻrta rus (L. m. rossica), afrika (L.m. migratorioides), sharq(. m. manilensis) va asl K. ch. (L. m. migratoria) kenja turlari mavjud; asosan, hamma ekinlarni, ayniqsa, bo-shoklilarni koʻp zararlaydi. K. ch. rivojlanishida ikki: tuda boʻlib yashovchi juda serharakat lichinkalik hamda gala boʻlib yashovchi qanotli bosqichlarni utadi. Lichinkalari toʻdasi (koʻliga) oziq qidirib maʼlum yoʻnalishda harakat qiladi va oʻz yulida uchragan koʻkatlarni yeb bitiradi. Ular soni siyraklashganda gala boʻlib yashash va koʻchib yurish xususiyatini yoʻqotib, yakka yashovchi chigirtkalar paydo boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil