Kitob bosish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kitob bosish — boʻyoqni bosma formadan qogʻozga oʻtkazib, kitob, jurnal, gazeta va b. bosma mahsulotlari tayyorlanadigan i.ch. jarayonlari. "K.b." iborasi bosma kitob tayyorlash tarixi qaqida fikr yuritilganda ishlatiladi, zamonaviy K. b.da esa poligrafiya termini ancha keng tarqalgan. K. b.ning oʻtmishdoshi ksilografik bosma boʻlib, unda bosiladigan butun bir bet yozuv taxtaga oʻyib qoʻyilardi. 11-a.dan boshlab Xitoyda kitobni qoʻlda koʻchirishdan bosish usuliga oʻtilgan. Biroq, bu usul keng rivojlanmadi. Faqat taxm. 400 y. oʻtgandan soʻng Yevropada harf terish shrifti ixtiro qilindi. Oʻsha davrda bir vaqtning oʻzida bir necha mamlakatlar — Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiyada bir-biridan mustasno bir necha ustalar bitta muammo — bosma mashina yaratish ustida ish olib borishgan. Hoz. vaqtda tarixchilar bu muammoni birinchi marta germaniyalik Iogann Gutenberg (1399— 1468) hal qilganligini aytishadi. Metall shriftlarni matritsalarga quyish qurilmasi ixtiro qilingandan soʻng Yevropaning koʻpgina shaharlarida kitob bosib chiqarila boshlandi. 1464 y.da Rimda birinchi K.b. stanogi oʻrnatildi. 1470 y.larga kelib Fransiya, Niderlandiya, Shveysariya, Ispaniya va Angliyada kitoblar bosib chiqarila boshlandi, Venetsiya, Nyurnberg K.b. ishlari boʻyicha yirik markazga aylandi. 1500 y.larga kelib Yevropaning 250 shahrida bosmaxona boʻlgan. Bosmaxona ishlarining rivojlanishi tufayli kitob umumiy siyosiy hayotda va madaniyatning rivojlanishida muhim rol oʻynadi. 1600 y.larda birinchi gazeta, 1650 y.larda birinchi varaqa bosilib chikdi. Kitob bosishning keyingi rivojlanishiga litogʻrafiya (toshbosma) (1798) va tekis bosma mashinasi (1811) ning ixtiro qilinishi sabab boʻldi. 19-a. oʻrtalari — 20-a. boshlarida K. b. korxonalarida linotip, keyinroq rotatsion, ofset bosma mashinalar ishlatila boshlandi.

Oʻzbekistonda bosma usul i bilan K. b. 19-a. 2-yarmidan keng tarqaldi. Turkiston harbiy okrugi shtabida (1868), Xivada (1874) bosmaxonalar tashkil etilgandan soʻng Turkistonda birinchi bosma kitoblar chop etila boshlandi. 1870 y.da "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazetasi", 19-a. soʻnggi yillarida "Srednyaya Aziya", "Sredneaziatskiy vestnik" jur.lari, 1906 y.da "Taraqqiy" gaz., 1913 y.larda "Oyina" jur., 1914 y.larda "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargona" gaz.lari chop etildi. Boʻlardan tashqari, "Na-jot", "Turk eli", "Turon", "Ulug Turkiston", "Hurriyat" gaz.lari, "Yurt", "Chayon" jur.

lari chika boshlagan. Bosmaxonalarda gaz. va jur.lardan tashqari koʻpgina kitoblar rus va oʻzbek tillarida bosilib chiqa boshladi (yana q. Bosmaxona, Poligrafiya sanoati). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil