Kimyoviy reaksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kimyoviy reaksiya namoyishi.

Kimyoviy reaksiya bir kimyoviy moddalar majmuining boshqa moddalarga aylanishi jarayonidir.[1] Kimyoviy reaksiyalar spontan, yaʼni oʻz-oʻzidan, yoki boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Ikkinchi holda kimyoviy reaksiyani oʻtkazish uchun tashqaridan biror energiya (issiqlik, yorugʻlik, elektr) talab etiladi. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar harakati bosh rolni oʻynaydi.

Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar reagentlar, deb ataladi. Reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalar esa kimyoviy reaksiya mahsulotidir. Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali ifoda etiladi. Kerakli mahsulotni olish uchun bir necha reaksiyalar ketma-ketligi talab etilishi mumkin, bu jarayonga kimyoviy sintez deyiladi.

Manbalar[tahrir]