Kimyoviy kuyish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimyoviy kuyish — odam tanasiga kimyoviy faol va toksik moddalar, ximikatlar (suyuq ammiak, ammiakli suv, ishqoriy natriy, oltingugurt kislotasi kabilar)ning tushishi. Kislota, ishqor yoki suyuq ammiak bilan kimyoviy kuyganda tananing kuygan qismini koʻp miqdordagi suv oqimi bilan 15-20 minut davomida yuviladi. Koʻzga kislota yoki ishqor tushganida ham xuddi shunday holatda maxsus fontanchali kran yordamida koʻzlar yuvilishi kerak. Odam tanasida kislotani ishqor bilan yoki aksincha holatda neytrallash mumkin emas. Keyingi yordam koʻrsatish uchun jabrlanuvchini zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joʻnatish shart.