Kilikiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kilikiya — Kichik Osiyo (hoz. Markaziy Turkiyaning jan.)dagi qad. viloyat. Kilikiya nomi dastlab ossuriy yozuvlarida uchraydi. Mil.av. 2-ming yilliklarda Kilikiya Xett podsholigi tarkibida edi. Mil. av. 12—6-a.larda Kilikiya hududida bir nechta mustaqil davlatlar boʻlgan. Mil. av. 6-a. da Kilikiya Ahomaniylar davlati tarkibiga kirgan. Mil.av. 333 y.da uni Aleksandr bosib olgan. 297—190 y.larda Kilikiya Salavkiylar hukmronligi ostiga oʻtgan. Mil.av. 103 y.da Rim imperiyasi tomonidan istilo qilingan. Oʻrta asrlarda Kilikiya Vizantiya, arablar va saljuqiylar oʻrtasidagi kurash nishoni boʻlgan. 1080—1375 y.larda Kilikiya arman podsholigi tarkibida. 1515 y.da Kilikiya usmonli turklar tomonidan bosib olingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil