Kelinlar qoʻzgʻoloni (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kelinlar qoʻzgʻoloni
Rejissor Melis Abzalov
Ssenariy muallifi Said Ahmad
Rollarda Tursunxon Ja‘farova
Dilorom Egamberdiyeva
Dilbar Ikromova
Klara Jalilova
Noila Toshkenboyeva
Luiza Qosimova
Rixsixon Ibrohimova
Gulchehra Sa`dullayeva
Nabi Rahimov
Diyas Rahmatov
Obid Yunusov
Rashid Malikov
Jamshid Zokirov
Soat Sharipov
Tesha Moʻminov
G‘oyib Iskandarov
Muhammadjon Rahimov
Bastakor Mirhalil Mahmudov
Studiya O‘zbekfilm
Davomiyligi 70 minut
Mamlakat O‘zbek SSR
Til O‘zbek, rus

"Kelinlar qoʻzgʻoloni" (rus. Бунт невесток) — taniqli o‘zbek rejissori Melis Abzalov 1984-yil yaratgan kinokomediya. Komediya Said Ahmadning shu nomli asari asosida olingan. „Kelinlar qo‘zg‘oloni“ sovet davrida olingan eng yaxshi o‘zbek kinokomediyalaridan biri hisoblanadi.[1] Melis Abzalov 1982-yil yaratgan „Suyunchi“ filmidagi kabi „Kelinlar qo‘zg‘oloni“da ham qattiqqo‘l buvi haqida so‘z boradi.

Sujet[tahrir]

Farmon bibi (Tursunxon Ja‘farova o‘ynagan) mehribon ammo juda qattiqqo‘l ona bo‘lib, o‘zining yetti o‘g‘li va ularning oilalari bilan bitta hovlida yashaydi. Eng kenja o‘g‘liga tushgan kelin Nigora Farmon bibiga qarshi „qo‘zg‘olon“ ko‘taradi va boshqa kelinlar uni qo‘llab-quvvatlaydi. Farmon bibi kelinlariga yon berishga va ularning talablarini bajarishga majbur bo‘ladi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]