Kavsar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kavsar (arab. الكوثر moʻl-koʻl) – islomga koʻra jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi Qurʼoni karimdagi 108-sura ham Kavsar deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha Kavsarning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq boʻlib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik bilmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni jannat nasib etgan moʻmin-musulmonlar mazkur Kavsar suvidan ichishlari toʻgʻrisida bashorat beriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil