Katta Viktoriya choʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Katta viktoriya choʻlidan yoʻnaltirildi)

Katta Viktoriya choʻli
inglizcha: Great Victoria Desert
29°9′0″S 129°16′0″E / 29.15000°S 129.26667°E / -29.15000; 129.26667 G OKoordinatalari: 29°9′0″S 129°16′0″E / 29.15000°S 129.26667°E / -29.15000; 129.26667 G O
MamlakatAvstraliya Avstraliya
JoylashuviAvstraliya
Maydoni422 466 km²
Katta Viktoriya choʻli (Avstraliya)
Katta Viktoriya choʻli

Katta Viktoriya choʻli (inglizcha: Great Victoria Desert) — Avstraliyaning jan. qismidagi choʻl, 26—30° j.k.lar oraligʻida. Mayd. 300 ming km2. Sharqda Styuart tizmasidan gʻarbda Shoʻr koʻllar deb atalgan tekislikkacha 1200 km ga choʻzilgan. Kengligi 550 km gacha, oʻrtacha bal. 150–300 m. Yer yuzasi joʻyakli qumlardan iborat boʻlib, ular boshoqli oʻsimlik ildizlari bilan mustahkamlangan. Pastqam joylarida akatsiya va past boʻyli evkaliptlar oʻsadi. Yillik yogʻin 125–250 mm. Choʻlda suv deyarli yoʻq, shu sababdan yurish juda qiyin. K.V.ch.ni birinchi marta 1875-yilda ingliz tadqiqotchisi E. Jaylos kesib oʻtgan. Milliy park bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil