Kasseta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kasseta (frans. cassete — quticha) — detallar, materiallar, foto va kinoplyonkalar va b. eng qulay (optimal) sharoitlarda saqlanadigan, ishlanadigan, suriladigan, oʻzaro almashtiriladigan kichik, ixcham qurilma. Fotografik K. eng koʻp tarqalgan boʻlib, yorugʻlik sezgir materiallar (foto va kinoplyonkalar, fotoplastinkalar) saqlanadi. Magnitofon K.si — magnit lentalar joylashtirilib qoʻyiladigan yopiq quticha. Videomagnitofon K.si — magnitofon K.siga oʻxshash kattaroq quticha.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil