Karl V

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karl V (1500.24.2, Gent - 1558.21.9, Ispaniyadagi avliyo Yust monastiri) — "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1519—56), Ispaniya qiroli (Karlos I) (1516—56). Niderlandiya shahzodasi (1516-55), Sitsiliya qiroli (Karl IV) (1516—56). Gabsburglar sulolasidan. Katolitsizm bayrogʻi ostida reaksion reja — "Jahon xristian davlati"ni tuzishga harakat qilgan. Fransiya (Italiya urushlari, 1494—1559) va Usmonli turk saltanati bilan urushlar olib borgan. Nemis protestant — knyazlari bilan boʻlgan kurashda magʻlubiyatga uchragan va ular bilan Augsburg diniy sulhi imzolangach (1555), taxtdan voz kechgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil