Karl Marx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Karl Marks
Karl Marx 001.jpg
Tavallud sanasi: 5-may, 1818-yil(1818-05-05)
Tavallud joyi: Trier, Prussiya
Vafot sanasi: 14-mart, 1883-yil(1883-03-14) (64 yoshda)
Vafot joyi: London, Buyuk Britaniya

Karl Heinrich Marx (talaffuzi: Karl Haynrix Marks; 5-may, 1818 Trier, Prussia – 14-mart, 1883 London, Buyuk Britaniya) 19-asr nemis faylasufi, tarixchisi, jurnalist, siyosiy iqtisodchisi va inqilobchisi. Marks keng miqyosli muammolar bilan shug‘ullangan; u ayniqsa o‘zining tarix tahlili bilan mashhur, bu uning Kommunistik partiya manifesti (1848) kitobida aks etilgan: "Bugungacha mavjud barcha jamiyatlar tarixi sinflar kurashidan iboratdir". Marx o‘z ilmiy ishlari natijasida kapitalizmni radikal sotsializm siqib chiqaradi, u esa o‘z navbatida sinfsiz jamiyat - kommunizmga o‘rnini bo‘shatib beradi, degan hulosalarga keladi.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

Marks tug'ilgan uy


[tahrir] Yoshlik davri

Karl Marks Trier shahridagi advokat Geynrix Marks (jo'xit) oilasida 3-chi farzand bo'lib dunyoga keldi. Tug'ilgan uyi (hozirda muzey) Trier shahrining Bryukkergasse/Brückergasse, 669 manzilida joylashgan. 1819-yilda Marksning oilasi Simyonshtrasse/Simeonstraße, 8 manziliga ko'chib o'tadi.

1830-35 yillar davomida Marks Trier shahridagi gimnaziyada tahsil oladi.

17 yoshida gimnaziyani tamomlab,avval Bonn Universitetida, so'ng Berlin Universitetida tahsil oladi. Universitetda yuridik fanlarini o'rganadi, biroq keyinchalik tarix va falsafaga qiziqishi kuchayadi.

1836-yilda Jenni fon Vestfalen (Jenny von Westphalen 1814 - 1881) bilan unashtiriladi.Keyinchalik unga uylanadi.

[tahrir] 1841 - 1883

1841yilda Universitetni tamomlagach, Marks Bonn shaxriga ko'chib o'tadi.

1842-43 yillarda Marks "Rheinisehe Zeitung" gazetasida jurnalist va muhbir bo'lib ishlaydi. 1843-yilda gazeta o'z faoliyatini tamomlaydi, oqibatda Marks ham ishdan bo'shaydi. Shu yili u Jenni fon Vestfalen honimga uylanadi va yosh oila Parijga ko'chib o'tadi.

Parijda u Geine va Engels bilan tanishadi. Umrining ohirigacha shu insonlar bilan do'st va hamkasaba bo'lib yashaydi. Marksning ishchilar sinfining sharoitiga e'tibor qaratishiga ham Engels sababchi bo'lgan.

1849-yilda Marks londonga ko'chib o'tadi. 1864-yilda Marks "Halqaro ishchilar assotsiatsiasini" tashkil etdi. 1867-yilda "Kapital" ning 1chi tomi nashr qilinadi. Karl Marks 1883-yilda London shaxrida 64 yoshida vafot etgan. Londondagi Hengeyst mozoriga davn etilgan.

"Kapital"ning keyingi tomlari Engels tomonidan nashr qilinadi.

[tahrir] Asosiy g'oyalari

Marks falsafada dialektik va tarixiy materializm, iqtisotda - qo'shimcha narx nazariyasi, siyosatda - sinflar kurashi nazariyasining muallifidir.

[tahrir] Ilmiy ishlari

[tahrir] Marks haqida

[tahrir] Bolalari

[tahrir] Xotirlash

Shaxsiy uskunalar
Namespaces
Variants
Koʻrinishlar<!--Views-->
Actions
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda