Karbazol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karbazol, dibenzopirrol, d i fenilenimin, C12H9N — rangsiz kristall modda. Ikkita benzol va bitta pirrol halqadan tuzilgan. Mol. m. 167,2. Suyuqlanish t-rasi 247°, qaynash t-rasi. 355°; yengil haydalanadi. Suvda erimaydi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. K. kuchsiz asos, kislotalar bilan beqaror tuzlar hosil qiladi. K., asosan, toshkoʻmir (antratsen moyi)dan va sunʼiy usulda ortoaminodifinil, fenantren 2-aminodifenilamin va b.dan olinishi mumkin. K. va uning hosilalari dorivor moddalar, boʻyoklar, insektitsidlar, termoplastik materiallar olishda ishlatiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil