Kaputikyan Silva Barunakovna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaputikyan Silva (Sirvard) Barunakovna (1919.01.20, Yerevan - 2006.08.26) — arman shoirasi. Birinchi sheʼriy toʻplami — "Shu kunlarda" (1945). "Zanga sohillarida" (1947), "Mening qarindoshlarim" (1951), "Oq yoʻl" (1954), "Samimiy suhbat" (1955), "Sheʼrlar" (1959), "Yarim yoʻldagi oʻylar" (1960), "Kutish vaqti" (1983), "Tashvishli yoʻllar" (1985) va b. sheʼriy hamda nasriy asarlar muallifi. Kaputikyan sheʼrlarida oddiy kishilarning qalb kechinmalari, sevgi iztiroblari, sadoqat tuygʻulari samimiyat bilan kuylangan ("Sevgi qoʻshiklari", "Men va u", "Sadoqat" va b.). "Karvonlar hamon yoʻlda" (1964), "Haritalar yoki odamlar meridiani" (1976) romanlarida xorijdagi armanlar hayoti tasvirlangan. Kaputikyanning sheʼrlari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U oʻzbek shoirlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan.

Manbalar[tahrir]

  • Sheʼrlar, T., 1961.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil