Kantata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kantata (lot. cantare — kuylamoq) — yakkaxon xonandalar, xor va orkestrga moʻljallangan musiqa asari. Shaklan oratoriyaga yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yoʻq (yoki sust)ligi bilan farq qiladi. Odatda, orkestr muqaddimasi, bir nechta ariya, rechitativ hamda xor qoʻshiqlaridan iborat boʻladi. 17-asrda Italiyada rivoj topdi (G. Karissimi, A. Stradella, A. Skarlatti va b.). 18-asr boshida Germaniyada diniy K. yuzaga keldi (G.F. Teleman, I.S. Bax). Keyinchalik dunyoviy va diniy K.lar boshqa mamlakatlarga tarqalib, mazmunan va shaklan boyidi. Fransiyada L. Kerubini, F.J. Gossek, G. Berlioz, Germaniyada F.Shubert, I. Brams, P. Xindemit, Rossiyada N. Rimskiy-Korsakov, S. Taneyev, S.Raxmaninov, S. Prokofyevlar K.ning yorqin namunalarini yaratishdi. Oʻzbekiston kompozitorlari ham shaklan va mazmunan rang-barang K.lar yaratishgan: S. Yudakov, "Mirzachoʻl", "Muborakbod"; S. Boboyev, "Hosil bayrami"; M. Leviyev, "Oq oltin"; O. Halimov, "Qoraqalpogʻiston" va b. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil