Kangyuy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kangyuy — Oʻrta Osiyoning shim. hududlarida tashkil topgan qad. davlat, q. Qangʻ davlati.

Qangʻ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.

K,Shoniyozovttg fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Q.d.ning jan. chegarasi oʻzgargan. Shu tufayli mil. av. 2-asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar yordamida Q.d. orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Q.d.ning qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hozirgi Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi. Q.d.ning yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hozirgi Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Q.d.ning qoʻshini 80—90 ming jangchini tashkil etgan. Q.d. aholisining urf-odatlari Ruziye (Yuetszi) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Q.d. hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Q.d.ga koʻchib kelgan. Q.d.ning koʻchmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Ular Buyuk ipak yoʻlitgi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Q.d. hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib turgan. Mil. 5-asrning 2-yarmida Q.d. parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan.[1]

Xitoy tarixchisi Si Ma-syan oʻz kundaliklarida „yuechjilarnikiga oʻxshash anʼana va urf odatlarga“ ega boʻlgan koʻchmanchi Kangyuy yoki Kandzyuy va Kangxa davlatlari haqida maʼlumot beradi. Antik davr tarixchilari asarlarida Kangxa davlati tilga olinmagan, ammo Avesto va Maxabxarata kitoblarida saklar va toxarlar bilan bir qatorda kankilar toʻgʻrisida ham atroflicha maʼlumot berilgan. Ancha keyingi Xitoy xronikalarida Amudaryo shimolida joylashgan Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon atroflari, Toshkent vohasi hamda Xorazmning shimoliy qismidan iborat barcha davlatlar Kangyuy davlatiga qaram boʻlganligi aytiladi. Xitoy manbaalarida keltirilishicha Kangyuy davlati rahbarlari „Chao-vu“ deb nomlanganlar. Umuman „djabgu“ boʻlishi ham ehtimoldan holi emas, chunki xitoy transkriptlarida bu aynan ana shunday talaffuz qilinadi. Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi — eramizdagi I asrlarida Kangyuy davlatining qudrati oʻz choʻqqisiga chiqdi. Davlatning janubiy oʻlkalarida yuechjeylar, shimolida esa xunlar taʼsiri kuchli boʻlgan Kangyuy davlatining qisqa muddatli tanglik davri Baktriyada yuechjeylar qirolligining kuchsizlanishi bilan nihoyasiga yetdi. Eramizda avvalgi II-I asrlarda Kangyuy davlatida oʻz tangalarini zarb etish hamda pul almashinuvini yoʻlga qoʻyishga boʻlgan urinishlar kuzatildi. Ushbu jarayonda Grek-Baqtriya hukmronligi vaqtida amal qilgan tangalardan nusxa sifatida foydalanilgan. Kangyuy moddiy madaniy tarraqqiyot darajasi Xorazm, xususan shaharning oʻng qirgʻogʻida joylashgan Janbas-qal’a hududida amalga oshirilgan qazuv ishlari natijalarida namoyon boʻladi. 200x170 hajmdagi qal’a balandligi 10-11 metrlik xom gʻishtdan qilingan devor bilan oʻralgan. Darvozadan qal’a markazi sari keng koʻcha yotqazilgan. Koʻcha oxirida qurbonlik keltirish uchun aylana shaklidagi metal supaga ega boʻlgan muqaddas olov saqlash binosi qoldiqlari qazib ochilgan. Kangyuy davrida odamlar turli dinlarga mansub boʻlgan: zardoʻshtiylik, Anaxita oqimi, ot siymosida namoyon boʻlgan Mitra oqimi.

Ushbu davrda Kangyuy madaniyati bilan bogʻliq harbiy texnika sohasida erishilgan eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bu keyinchalik keng tarqalgan taktik uslublar boʻldi: masalan, janglarda aslahalar bilan himoyalangan otlar va sovut kiygan chavandozlar safining jipslashtirilgan holda tuzilishi. Chavandozlar kamon, nayza va qilich bilan qurollanganlar. Kangyuyning Kusxon imperiyasi tarkibida boʻlganligi hali ham nomaʼlum. Xitoy manbaalariga asosan Kangyuy eramiz boshida ham oʻz mustaqilligini saqlab qolgan hamda yansay (aorslar-alanlar) va boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilgan.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Manbalar[tahrir]

  1. Abdulahad Xoʻjayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil