Kanberra stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
 AUS GIO stadioni Kanberra
Sobiq nom(lar)i Kanberra stadioni, Bruce stadioni, Milliy atletika stadioni
Joyi Kanberra, Avstraliya
Koordinatalari 35°15′0″S 149°6′10″E / 35.25000°S 149.10278°E / -35.25000; 149.10278 G OKoordinatalari: 35°15′0″S 149°6′10″E / 35.25000°S 149.10278°E / -35.25000; 149.10278 G O
Qachon ochilgan 1977
Egasi Avstraliya sport komissiyasi
Yuzasi Chim
Meʼmor Phillip Cox & Partners
Hajmi 25,011[1]
Maydon egalari
Canberra Raiders (regbi) (1990–hozir)
Brumbies (regbi) (1996–hozir)
Canberra City SC (futbol) (1977–1986)
Canberra Cosmos (futbol) (1995–2001)
Canberra Bushrangers (beysbol) (1993–1995)
AFC Osiyo kubogi 2015
Vebsayt
giostadiumcanberra.com.au

Kanberra stadioni (ing: Canberra Stadium) Avstraliya poytaxti Kanberrada joylashgan koʻp maqsadli stadiondir, stadion shuningdek, homiylik sabablar tufayli GIO stadion Kanberra (ing: GIO Stadium Canberra) ham deb ataladi. Stadionda regbi, futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion 1977-yilda Tinch okeani davlatlari oʻrtasidagi konferentsiya oʻyinlari uchun qurilgan, shuningdek, ushbu stadion yengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan 4-jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan. 1980-yillarning oxirlariga kelib stadiondagi yugurish yoʻlagi olib tashlandi. Yugurish yoʻlaklarining koʻchirilishining asosiy sababi, Avstraliya futboli musobaqalari oʻtkaziladigan boʻldi. stadiondan 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlari musobaqalarida ham foydalanilgan. Stadion oʻrtasiga kriket chimi yotqizilib kriket musobaqalari ham oʻtkazilib turilgan.

Egalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion ayni damda Avstraliya Sportlar Komissiyasi orqali Avstraliya hukumati egalik qiladi va Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati tomonidan ijaraga beriladi. 2010-yilda ijara muddati tugaganligi tufayli hozirda Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati stadionga yangi ega qidiradi.

Oʻrindiqlar va stadion sigʻimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadionning nominal hajmi 25,011 kishiga moʻljallangan, eng koʻp tomoshabin 2004-yildagi regbi oʻyicha Super 12 finalida kirgan, oʻshanda 28,753 tomoshabin stadionga tashrif buyurgan edi.

Tomoshabinlar rekord soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Regbi ittifoqi

  • 28,753 - Super 12 Final 2014, ACT Brumbies va Canterbury Crusaders

Regbi ligasi

  • 26,476 - NRL mavsumi 2010 yarim fianli, Canberra Raiders - Wests Tigers[2]
  • 25,628 - Anzac Test 2013, Avstraliya va Yangi Zelandiya
  • 25,253 - NSWRL mavsumi 1994, Canberra Raiders va Western Suburbs Magpies

Futbol

Avstraliya futboli

  • 11,282 - AFL mavsumi 1995, AFL Fit va AFL WCE

AFC Osiyo kubogi 2015[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Vaqt (UTC+11) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round Tomoshabin
10-yanvar, 2015 16:00  Janubiy Koreya 1–0  Ummon A guruhi 12,552
11-yanvar, 2015 18:00  Birlashgan Arab Amirliklari 4–1  Qatar A guruhi 5,513
13-yanvar, 2015 18:00  Kuvayt 0-1  Janubiy Koreya A guruhi 8,795
15-yanvar, 2015 18:00  Bahrayn 1-2  Birlashgan Arab Amirliklari C guruhi 7,925
18-yanvar, 2015 20:00  Xitoy 2-1  Shimoliy Koreya B guruhi 18,457
20-yanvar, 2015 18:00  Iroq 2-0  Falastin D guruhi 10,235
23-yanvar, 2015 17:30  Eron 3-3 (qarangv) (penaltilar: 6-7)  Iroq Chorak finali 18,921

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]