Viktor Kanaryov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kanaryov Viktor Pavlovichdan yoʻnaltirildi)
Viktor Kanaryov
Tavalludi 23-mart 1907
Vafoti 5-iyun 1965
Moskva, SSSR
Fuqaroligi SSSR
Unvoni SSSR Harbiy havo kuchlari general-leytenanti
Mukofotlari

Viktor Pavlovich Kanaryov (190-yil 23-mart, Qoʻqon — 1965-yil 5-iyun Moskva) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Kanaryov 1907-yil 23-martda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1925-yilda maktabda toʻqqiz sinfni tamomlaganidan so‘ng Farg‘ona viloyati yer bo‘limida statistika mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

Viktor Kanaryov 1927-yil aprel oyida ishchi va dehqon Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan. 1928-yilda Leningrad harbiy nazariy uchuvchilar maktabini, 1929-yilda Sevastopoldagi Qizil dengiz uchuvchilari oliy maktabini, 1936-yilda Lipetskdagi Oliy taktik parvozlar maktabini tamomlagan. Viktor Kanaryov 1929-yildan Sevastopoldagi Qizil dengiz uchuvchilari oliy maktabida xizmat qilgan (1931-yilda maktab Yeyskga koʻchirildi va „I. V. Stalin dengiz uchuvchilari oliy maktabi“ nomini oldi). 1936-yil dekabr oyida Oliy taktik parvozlar maktabini tugatgandan soʻng, u Boltiq floti Harbiy havo kuchlarining 105-aviatsiya brigadasining 19-uzoq masofali razvedka eskadroniga parvoz komandiri (Harbiy havo kuchlari Qora dengiz flotining 1-mina torpeda aviatsiya diviziyasi) etib tayinlangan. 1938-yil apreldan — 15-razvedka aviatsiya eskadroni komandiri, keyin 12-dengiz razvedka eskadroni komandiri boʻlgan.

Sovet-Fin urushidagi janglarda qatnashgan, MBR-2 da bir necha marta jang qilgan. Ushbu urushdagi jasorati uchun Viktor Kanaryoning birinchi ordeni — Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Viktor Kanaryov 1941-yil fevral oyida Qora dengiz flotiga oʻtkazilgan va flot havo kuchlarining 119-razvedka aviatsiya polkining komandiri etib tayinlangan[1].

Urushdan keyingi xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Kanaryov 1944-yil 16-mayda gvardiyachi podpolkovnik K. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urush tugaganidan keyin Viktor Kanaryov dengiz flotida xizmat qilishni davom ettirgan. 1945-yil dekabrdan 1947-yil fevralgacha Qora dengiz floti Harbiy-havo kuchlari shtab boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan, keyin oʻqishga yuborilgan. 1949-yilda K. E. Voroshilov nomidagi Oliy harbiy akademiyani tamomlagan. 1949-yil aprel oyida akademiyada oʻqishni tugatganidan soʻng, yana Qora dengiz floti Harbiy-havo kuchlari shtab boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 1950-yil fevraldan 1955-yil maygacha — Tinch okeanidagi 5-dengiz floti havo kuchlari qoʻmondoni boʻlgan. 1951-yil 27-yanvarda unga aviatsiya general-leytenanti harbiy unvoni berilgan[2]. 1956-yil may oyidan K. E. Voroshilov nomidagi Oliy harbiy akademiyaning Harbiy havo kuchlari boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1957-yil mart oyidan — raketa-artilleriya qurollari boʻlimi boshligʻi va Harbiy-dengiz flotining ilmiy-texnika qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1959-yil avgust oyidan SSSR Harbiy-dengiz kuchlari Bosh qoʻmondoni huzuridagi tadqiqot guruhi boshligʻining oʻrinbosari, 1960-yil iyun oyida yana Harbiy-dengiz floti ilmiy-texnik qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. Viktor Kanaryov 1961-yil aprel oyidan isteʼfoga chiqqan.

Viktor Kanaryov Moskvada istiqomat qilgan. Karanyov 1965-yil 5-iyunda vafot etgan, Sevastopol kommunar qabristoniga dafn qilingan[3].

Qoʻqondagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]