Kamalak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamalakosmon gumbazida rang-barang boʻlib koʻrinadigan yoy; yorugʻlikning atmosferadagi yomgʻir tomchilarida sinishi, qaytishi va difraksiyasi natijasida yuz beradi. Yomgʻir yogʻib oʻtgach, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil boʻladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin boʻlsa, kamalak shuncha katta koʻrinadi. Kamalakning burchak radiusi 42° ga teng, tashqi qismi qizil, ichki qismi binafsha rangda koʻzga tashlanadi; unda boshqa ranglar toʻlqin uzunligiga qarab joylashadi. Ayrim vaqtlarda atmosferada qoʻshaloq kamalak ham kuzatiladi. Qoʻshimcha kamalak ichki qizil qismining burchak radiusi 50° ga teng. Baʼzan, atmosferada ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha kamalak hosil boʻlishi mumkin)[1].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil