Kabul Dreams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kabul Dreams
Kelib chiqishi Qobul
Mamlakat Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Faoliyat 2008—bugun
Janr Rock and roll
indie rock[1]
Tarkib Sulaymon Qardosh
Siddiq Ahmad
Mujtaba Habibi
Veb-sahifa kabuldreams.com

Kabul Dreams (ingl. Qobul tushlari) Afgʻonistonning Qobul shahrida 2008-yili tuzilgan rock guruhdir. Guruh Sulaymon Qardosh (vokal), Siddiq Ahmad (bas) va Mujtaba Habibi (dovul) dan iborat. Guruh BBC tomonidan "Afgʻonistonning birinchi rock guruhi," deb eʼtirof etildi.[2] 2013-yil aprelida Olmoniyaning Sellaband kompaniyasi koʻmagida Plastic Words nomli birinchi albomini chiqarishdi.

Kabul Dreams aʼzolari oʻzbek, pushtu va dari tillarida gapirib, inglizchada kuylashadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Afghan dreams of rock and roll. BBC (5-yanvar 2010).
  2. Afghanistan's first rock group. BBC (25-mart 2010).

Havolalar[tahrir]