Jun (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola aholi punkti haqidadir. Jun soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Jun — 1) sut emizuvchilarning yigiriluvchanlik yoki namatlanish sifatlariga ega boʻlgan qil (tuk) qoplami; 2) J.ni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan xom ashyo, asosiy toʻqimachilik tolalaridan biri. Sanoatda ishlatiladigan J. asosiy qismini qoʻy juni tashkil etadi; shuningdek, echki, tuya, quyon, qoʻtos, ot, sigir, bugʻu, it va b. hayvonlardan olinadigan J. ham ishlatiladi. J. tolasining sifati uning yigirilish xususiyati, ingichkaligi, uzunligi, puxtaligi, rangi, choʻziluvchanligi, namlik yutishi va b. xossalari b-n belgilanadi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan oqsilli birikmalarga kiradi. J.dan gazlamalar, trikotaj, gilam, texnik movut, adyol, poyabzal, namat, fetr va b. mahsulotlar tayyorlanadi.

Jonivorlardan qirqib olinadigan (qoʻy, echki va b.), tarab olinadigan (tuya, it, echki va quyon momigʻi) yoki tullash paytida yigib olinadigan (sigir, ot) J. tabiiy J., soʻyilgan hayvonlar terisini qayta ishlash korxonalarida olinadigan jun zavod J. deyiladi.

J. tolasi tangachasimon, qobiq va quvur qatlamlaridan iborat. Tangachasimon qatlam tolani tashqaridan qoplab turgan shoxsimon, yarim halqasimon va doirasimon boʻlishi mumkin. Bu qatlam tola tanasini yemirilishdan saqlaydi, tolani tovlantirib turadi va tolalarning namatlanish xossasini yaxshilaydi. Qobiq qatlam J. tolasini hosil qiladigan urchuqsimon hujayralardan iborat boʻlib, pishiqligi, qayishqoqligi va b. sifatlarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi. J. tolasi terining mahsuli hisoblanadi. J. tolasi uzunligi va ingichkaligi muhim oʻrinda turadi. J. qatlami qildan va qil osti (tuk, tivit) qismdan iborat.

Qoʻy J. tolalar tipiga qarab bir tipli tolalardan iborat bir turli va har xil tolalardan iborat bir turli boʻlmagan J.ga boʻlinadi. Bir turli junda tivit tolalar guruxlarga birlashib, shtapel hosil qiladi (uzun junli qoʻy zotlaridagi oralik, tolalar — bir turli oʻrama). Bir turli boʻlmagan J.da tivit, oraliq va oʻzak tolalar oʻramachalarga birlashadi. J.ning fizik xususiyatlari uning texnologik va buyumlarda koʻrimlilik sifatlarini belgilaydi (ingichkalik, uzunlik, buramdorlik, mustahkamlik, qayishqoklik va b.). Oʻrtacha ingichkaligi (mkm): tivit tola 10—25; oraliq tola —30—50; oʻzak (qil) —50 va un-dan ortiq; uzunligi 50 dan 300 mm gacha boʻlishi mumkin. J. rangi uning qobiq qatlamida tolaning butun uzunligi yoki maʼlum bir qismida melanin pigmenti mavjudligi va uning yorqinligi (jigarrang-qora yoki sariqqizil) b-n belgilanadi.

Texnologik jihatdan har qanday rangga boʻyash imkoni mavjud oq jun qadrlanadi. Koʻy J.ni tarkibidagi tolalar tipiga koʻra bir tipdagi bir turli (mayin, yarim mayin) va turli tipdagi tolalardan iborat (bir turli boʻlmagan) (yarim dagal, dagal) J.larga ajratiladi. J. qirqib olingach, navlarga ajratiladi, 35—46% li sovun-soda eritmasida yuvilib, soʻngra quritiladi. Sanoatda qayta ishlash uchun asosan sof (yuvilgan) J. ishlatiladi. Yuvilgan (sof) J. ogʻirligining yuvilmagan J. ogʻirligiga nisbatining foiz mikdori sof jun chiqishi miqdori deb ataladi. Yuvilib, yogʻ va b. aralashmalardan tozalangach, mayin tolali J.dan 40—50%, yarim mayin J.dan 45-65%, dagʻal J.dan 55-80% toza J. olinadi. Mayin J. bir turli boʻlib, tivit tolalardan iborat (ingichkali-gi 18—25 mkm). Shtapeldagi tolalarning ingichkaligi va uzunligi boʻyicha bir tekisligi, tolaning uzunligi boʻyicha bir tekis buramdorligi yuqori fizik-texnologik xususiyatlarini taʼminlaydi. Rangi asosan oq rangda boʻladi. Yarim mayin J. — bir turli, tivit tolalardan yoki oraliq qillardan iborat (oʻrtacha ingichkaligi 25— 40 mkm). Rangi koʻpincha oq rangda. Yarim dagʻal J. — bir turli boʻlmagan, tivit tolalardan, oraliq qil va oz mikdorda ingichka oʻzak tolalardan iborat. Tolalarining ingichkaligi va uzunligi boʻyicha notekis tarkibga ega. Rangi oqdan qoragacha. Dagʻal J. — bir turli boʻlmagan tivit tolalardan, oraliq qildan, oʻzak tolalardan iborat. Yarim dagʻal jundan tolalarining ingichkaligi va uzunligi boʻyicha bir tekis boʻlmasligi b-n ajralib turadi. Bu toʻrt guruh tayyorlash va sanoat davlat standartlarida navlarga (oliy 1, 2, 3, 4) ajratiladi. Yarim dagʻal J. tolalari momiq qismining uzunligi boʻyicha oliy, 1, 2, 3, 4 navlarga, dagʻal J. esa 1, 2, 3, 4 navlarga, qorakoʻl qoʻylari J.i esa 1, 2, 3, navlarga ajratiladi.

Echki J. — bir turli (oq) va bir turli boʻlmagan (oq rangdan qora ranggacha) boʻladi; bir turli boʻlmagan echki J.ningasosan tiviti ishlatiladi. Tuya J. — asosan momiqdan tashkil topadi, jigarrang boʻladi.

J.dan movut gazlama, gilam, ustki trikotaj, namat, roʻmol, poyabzal va b. mahsulotlar ishlab chiqariladi. Q. Jun sanoati.

Mirpoʻlat Qulmetov, Mahmudjon Oltiyev.[1]

Shahar
Jun
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Avtonom jamoat Andalusiya
Provinsiya Granada
Tuman Vega de Granada
Koordinatalari 37°13′0″N 3°36′0″W / 37.21667°N 3.60000°W / 37.21667; -3.60000Koordinatalari: 37°13′0″N 3°36′0″W / 37.21667°N 3.60000°W / 37.21667; -3.60000
Maydoni 3.4 km²
Balandlik 755 m
Aholisi 3355 nafar (2010-yil)
Etnoxoronim Junero, ra
Iundenense, sa
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Pochta indekslari 18213
Jun (shahar) (Ispaniya)
Jun

Jun Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Granada provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni – 3.4 km2. Aholisi – 3355 kishi (2010).

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil