José María Callejón

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xose Kayyexon
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José María Callejón Bueno
Tavallud sanasi 11-fevral 1987-yil (1987-02-11) (37 yosh)
Tavallud joyi Motril, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 178 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Laqabi Calleti
Klub maʼlumoti
Joriy klub
José María Callejón Napoli
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006-2007
2007-2008
Real Madrid C
Real Madrid B
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008-2011
2011 — 2013
2013 — 2020.
Espanyol
Real Madrid
Napoli
(97 (10)
55 (8)
255 (64))
Milliy terma jamoa
2008-2009 Ispaniya yoshlar terma jamoasi (16 (11))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

José María Callejón Bueno (talaffuzi: Xose Maria Kayyexon Bueno; 11-fevral 1987, Motril, Ispaniya) — ispaniyalik oʻyinchi, Madridning „Real“ jamoasi qanot yarimhimoyachisi va hujumchisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Real Madrid"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalyexon yoshlikdan „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi hisoblanib, u professional faoliyatidagi debyutini „Real Madrid B“ jamoasida 2007-yilning may oyida nishonladi[1] va 2006/07 mavsumda u Segunda ligasi 4 ta golsiz oʻyin oʻtkazdi[2].

2007/08 mavsumda esa u 37 ta oʻyinda ishtirok etib, 21 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[3]. Natijada u jamoaning toʻpurari sifatida mavsumni tugatdi.

= "Espanyol"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum tugashi bilan Kalyexon oʻzining egizak akasi Juanmi bilan „Real Madrid“ni tark etib, „Espanyol“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[4][5]. La Ligadagi debyutini 2008-yil 20-sentabrda uy maydonida oʻtgan „Xetafe“ jamoasi bilan kechgan uchrashuvda maydonga almashtirilib tushirildi.
2009-yil 15-martda u „Espanyol“ tarkibidagi birinchi golini „Malyorka“ darvozasiga urishga muvaffaq boʻldi. U keyingi mavsumlarda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va asosan qanot yarimhimoyachisi sifatida maydonga tusha boshladi.
2011-yil 15-yanvarda Kalyexon „Sevilya“ darvozasiga oʻzining birinchi dublini kiritdi (2:1)[6]. U ichki chempionatning faqat bittagina oʻyinini oʻtkazib yubordi va u mavsum oxirigacha 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi, jamoa esa turnir jadvalida oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrin bilan mavsumni yakunladi.

= "Real"ga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 23-mayida Kalyexon Real bilan 1-iyuldan boshlab kuchga kiruvchi besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 5,5 mln.ni tashkil etgan. 16-iyul u Real tarkibidagi birinchi oʻyinida Los Anjeles Gelaksi jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 30-daqiqada gol urishga ham muvaffaq boʻldi.
2011-yil 2-oktabrda u oʻzining sobiq jamoasi „Espanyol“ga qarshi 2-nchi boʻlimda maydonga tushdi va Krishtianu Ronalduning toʻp uzatishidan soʻng, oʻzining „Real Madrid“dagi rasmiy birinchi golini urdi. U sobiq jamoasini hurmatini saqlagan holda shunchaki qoʻlini osmonga koʻtargancha yurib, golini nishonlamadi[7].

UEFA Chempionlar Ligasi 2011-2012 guruh bosqichida muddatidan oldin play-offga chiqqan jamoa bosh murabbiyi qolgan oʻyinlarda zahira oʻyinchilarini tushirdi va 2011-yilning 22-noyabrida Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Kalyexon oʻz hisobiga bitta golni yozdirdi va jamoa oʻsha oʻyinda 6:2 hisobida gʻalaba qozondi[8]. Shuningdek, guruh bosqichining soʻnggi Ayaks bilan kechgan oʻyinida u dubl qaytib etib, jamoasining 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi[9].

Napoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 9-iyulda Kalyexon Italiyaning Napoli jamoasiga 10 mln. yevro evaziga oʻtdi. U italiyaliklar bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Unga jamoaning „7“ raqami berildi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalyexon Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2008-yil 25-martida Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi. U oʻyinda 46-daqiqada Boyan Krkich oʻrniga maydonga tushib, 15-daqiqadan soʻng, oʻzining termadagi birinchi golini kiritishga erishdi. Ispaniya ushbu oʻyinda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi[10].

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoadagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 5-may holatiga.

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevrokuboklar Jami
G TU G TU G TU G TU
Real Madrid B 2006/07 4 0 4 0
2007/08 37 21 37 21
Jami 41 21 41 21
Espanyol 2008/09 24 2 0 6 2 0 0 0 0 30 4 0
2009/10 36 2 4 1 0 0 0 0 0 37 2 4
2010/11 37 6 7 2 0 0 0 0 0 39 6 7
Jami 97 10 11 9 2 0 0 0 0 106 12 11
Real Madrid 2011/12 25 5 0 7 3 1 5 5 0 37 13 1
Jami 25 5 0 7 3 1 5 5 0 37 13 1
Faoliyatidagi jami 163 36 11 16 5 1 5 5 0 184 46 12

Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Castilla 2–1 Málaga“ (Spanish). Real Madrid's website (5-may 2007-yil). Qaraldi: 21 iyun 2008.
  2. „Player file: Callejón“ (Spanish). Liga de Fútbol Profesional. 2008-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 iyun 2008.
  3. „Stats: José María Callejón Bueno“ (Spanish). Real Madrid vebsayti. Qaraldi: 21 iyun 2008.
  4. „Real Madrid and Espanyol reach an agreement for the transfer of Castilla's José Callejón“. Real Madrid vebsayti (20 iyun 2008). Qaraldi: 20 iyun 2008.
  5. „Espanyol sign Real Madrid B striker Callejón“. Reuters (18 iyun 2008). 2012-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 iyun 2008.
  6. „Callejon nets brace“. ESPN Soccernet (15 yanvar 2011). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart.
  7. Higuain gives Mourinho plenty to ponder (Wayback Machine saytida 2011-10-05 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 2-oktabr 2011
  8. Perfect Madrid put six past Dinamo; UEFA.com, 22-noyabr 2011
  9. Ajax shattered as Madrid complete perfect set; UEFA.com, 7-dekabr 2011
  10. „UEFA European U-21 C'ship – Match Report – Spain 5 – 0 Kazakhstan“. UEFA.com (26-mart). 2008-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 iyun 2008.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]