Johnny Depp
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Johnny Depp | |
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | John Christopher Depp II |
| Tavalludi sanasi: | 1963 yil, 9 iyun |
| Tavalludi joyi: | Ouensboro, AQSh Kentukki shtati |
| Fuqaroligi: | AQSh |
| Kasbi: | aktyor |
| Faoliyat yillari: | 1984 yildan |
| IMDb: | ID 0000136 |
Johnny Depp (1963-yil 9 iyunda tug'ilgan) - AQShlik aktyor. Intelektual kinodagi rollari unga katta mashhurlik keltiradi. Ba'zan Opra Nudlmantra (ingl. Oprah Noodlemantra) tahallusini ishlatadi.
Mundarija |
[tahrir] Biografiya
Depp Ouensboro, AQSh Kentukki shtatida tug'iladi. Uning otasi Katta John injener bo'lib, onasi esa ofitsiantka bo'lib ishlar edi.Uni ikki ta singlisi va bitta ukasi bor edi. Bolaligini birga kechirgan buvasining o'limi uning ruxiy holatiga yomon ta'sir qiladi. Floridaga ko'chish ham unga yahshi ta'sir ko'rsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. U 15 ga to'lganida ota-onasi ajrashadilar.
Aynan o'sha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Ouensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovg'a qiladi. Uni chalishni o'zi o'rganib oladi va Floridaning kecha klublarida sahna olgan «The Kids» guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bag'ishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yo'lini olib Los Anjelesga ko'chadi. Hozirda Depp «P» guruhida o'ynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti bo'lib o'tdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. O'z guruhlarining albom muqovasi uchun o'zi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri Jack Kerouac. Uning ijodi o'smirlik chog'ida Deppning dunyoqarashiga katta ta'sir qilgan.
20 yoshligida o'zidan 5 yosh katta Lori Anne Allison bilan uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi «A Nightmare on Elm Street». Lekin musiqa baribir u uchun birinchi o'rinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan bo'ldi. «Edward Scissorhands» filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.
1994-yil Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qo'shiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga ko'chib keladi. Ularning hozirda Lily-Rose Melody(1999) va Jack(2002) nomli bolalari bor.
2004 yili Pirates of the Caribbean: The Curse of the Black Pearl filmidagi Kapitan Jack Sparrow roli uchun Oscarga nomzod bo'ladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland filmi orqali oladi.
Johnny Deppning Gollivud shon-shuhrat hiyobonida o'z yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 martta Oltin Globus nomzodi bo'lgan bo'lsada, Deppga hech qachon bu sovrunlar berilmadi.
[tahrir] Ba'zi qiziqarli ma'lumotlar
- Winona Ryder bilan birga bo'lgan paytlari Winona Forever deb tatuirovka qildiradi. Ajrashganligidan keyin Tatuni qisqartirib Wino (alkogol) Forever qildiradi.
- U Masharaboz Qotil nomi bilan mashhur seriyalik qotil John Wayne Gacyning muhlisi.
- Pirates of the Caribbean: The Curse of the Black Pearl filmidagi tatuirovkasi haqiqiy emas, lekin keyinchalik u haqiqiysini chizdiradi va tatudagi Jack uning o'g'lini bildiradi.
- Bagamalarda bir oroli bor.