Mebel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jihozdan yoʻnaltirildi)
Ikki kishilik stol-stul.

Mebel (lotincha: mōbilis — „qoʻz’galuvchi“) uyqu, yotish, oʻtirish, ishlash kabi odam faoliyatlari hamda buyumlarni tayinli joyda saqlash uchun moʻljallangan jismlar majmuidir. Mebel yogʻoch, metall, plastmassa va boshqa materiallardan tayyorlanadi.

Mebel (lot. mobilis — qoʻzgʻaladigan, osongina suriladigan), jihoz — xonalar, istirohat bogʻlari, koʻchalar jihozining asosiy turi. Maishiy (uy-roʻzgʻorda ishlatiladigan), jamoat bi-nolari va joylari (bogʻchayasli, maktab, oʻquv yurtlari, idoralar, teatr, klub, kinoteatr, doʻkonlar, kafe va restoranlar, sanoat binolari va boshqalar) da qoʻllaniladigan xillarga boʻlinadi. M. (kursi, xontaxta, javon, belanchak, beshik, stul, stol, shkaf, karavot, divan, sandiq, kuti, skameyka, parta va boshqalar) insonning mehnati — mashgʻuloti, dam olishini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Yogʻochning qattiq turlari (eman, shamshod, yongʻoq, nok, qayin, lipa, tol, terak, kizil daraxt, chinor, qayragʻoch, olxa, shumtol, archa, qaragʻay, tilogʻoch va boshqalar), metall va pla-stmassadan ishlanadi, novdalardan toʻqiladi. Vazifasi, tuzilishi, materialiga qarab juda koʻp turlarga boʻlinadi, har bir turining ham bir necha xili boʻladi (mas, stolning ovqat tay-yorlash va ovqatlanishda ishlatiladigan, yozuv stoli kabi xillari, javonning kitob terib qoʻyiladigan, korxonada — asbob-uskunalar saqlanadigan xillari bor). Maishiy (uy-roʻzgʻor) da ishlatiladigan M. yotoqxona, mehmonxona, oshxona va hovli M.lari kabi xillarga boʻlinadi. Bir xonali uylarga moʻljallab ishlab chiqariladigan M.lar ham yotokxona, ham mehmonxona M.i vazifasini oʻtaydi (mas, divankaravot, kreslokaravot). Ikki, baʼzan undan ortiq turi birlashtirilgan M.lar ham ishlab chikariladi. Tuzilishi va texnologik jihatlariga koʻra, M. joyidan qoʻzgʻalmaydigan va qoʻzgʻaladigan, yigʻma, devorga oʻrnatiladigan va boshqa xillarga boʻlinadi. M. xonani, bino ichini badiiy bezash uchun xizmat qiladi, amaliy sanʼat sohasi ham hisoblanadi (M.larni bezashda rassomlik, haykaltaroshlik va naqshdan foydalaniladi).

M. juda qadim davrlarda, inson oʻtroklasha boshlagan paytlardayoq paydo boʻlgan. Yangi ijtimoiy tuzumlar, madaniyat, fan va texnika taraqqiyoti yangidanyangi M. namunalarini vujudga keltirdi. Qadimdan Misr firʼavnlariga mansub ayrim M. namunalari bizning davrimizgacha saqlangan. Taxt, sandiklar yogʻochdan oʻyma va boʻrtma naqsh va tasvir ishlab, jez, kumush, oltin va fil suyagi qoplab bezatilgan. Yunonistonda M., asosan, yogʻochdan ishlangan. Qad. Rimda M. tayyorlashda yogʻoch bilan bir qatorda marmar, jezdan ham foydalanilgan, daraxt novdasidan toʻqima M. ham tayyorlangan. Stollarning oyogʻi yirtqich hayvonlarning oyoqlariga oʻxshatib ishlangan. Bizgacha saqlangan Vizantiya M.i namunalari oltin, fil suyagi, qimmatbaho toshlar qoplab bezatilgan.

Xitoy, Yaponiya, Eron kabi Osiyo mamlakatlarida ham M.ni jozibador bezatishga katta ahamiyat berilgan. Osiyo mamlakatlarida, jumladan, Oʻrta Osiyoda uylarni jihozlashda gilam, shol, kigiz kabilarga katta eʼtibor berilganidan M. unchalik rayem boʻlmagan. Lekin beshik, belanchak, chorkursi, sandiq, sandiqchalar, xontaxta, tancha (sandal), tokchaga ishlangan jovon, taxt kabi jihozlar asta-sekin rayem boʻlgan. Sharq mamlakatlarida 7— 8-asrlardan boshlab yogʻoch va jez M.lardan Madrasa, mayejid, saroylarda keng foydalanilgan, ustiga kitob qoʻyib oʻqiladigan lavh, 8 qirrali stollar, kursilar qadama, oʻyma va boʻyama na-qshlar bilan bezatilgan. Oʻrta Osiyo saroylarida taxt, kursi taxta (karavot) lar oltin, kumush, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Ular yongʻoq, archa, tut terak,va boshqa daraxtlarning yogʻochidan tayyorlangan. Hozir milliy M.lar Yevropa uslubidagi M.lar bilan uygʻunlashib ketdi.

Yevropada M. tarakdiyoti badiiy uslublarning kuchli taʼsiri ostida boʻldi. 10—12-yillarda roman uslubi sodda, lekin vazmin, dagʻal M.ni vujudga keltirdi. Gotika (12—15-asrlar) M.ni nafislashtirdi, bezakda yogʻoch oʻymakorligidan foydalanildi. Uygʻonish davrit yogʻoch inkrustatsiyaashan koʻp foydalanildi, yangi M. turlari, mas, yozuv shkaflari, yumshoq kursilar (kreslolar) paydo boʻldi. Barokko (17—18-asrlar) M. shakllarini murakkablashtirdi. M.da odatdagi serhasham bezakdan tashqari mozaika ham ishlatildi. 18-asr 2-choragidan ravnaq topgan rokoko uslubi oʻzidan oldingi klassitsizm oqimining monumental M. shakllarini yengillashtirdi, usti yopib qoʻyiladigan yozuv stollari, M. garnituralari paydo boʻldi. Ampir uslubi (19-asr) da M.larning oyoklari sfinks, griffon, sher oyogʻi, ustunlarga oʻxshatib ishlandi, bezakning simmetrik boʻlishiga ahamiyat beriddi.- 19-asr 2-yarmidan M. kam bezakli qilib fabrikalarda ishlab chiqarila boshladi, yogʻochni egib ishlanadigan arzon, hammabop Vena M.lari ommalashdi. 20-asr boshlaridan ratsionalizm uslubi yangi materiallar (mas, metall quvurlar) dan foydalanish, M.larni yigʻma va qismlari ajratiladigan qilib tayyorlash usullarini maydonga keltirdi. Idora, oʻquv yurtlari, bank, xonadonlar uchun maxsus M. xillari paydo boʻldi. Hozir idoralarda, asosan, italyan uslubidagi M.lar rayem boʻldi (2003).

Zamonaviy M. foydalanishga qulay, yengil, sodda boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tejab ishlanadi, qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Tashishga, koʻchirishga qulay (ayrim M.lar bir necha qismga ajratiladigan qilib tay-yorlansa, ayrim M.larning qismlari alohida boʻlib, ustma-ust, yonma-yon qoʻyiladigan qilib yasaladi). M. alo-hida-alohida komplekt qilib (mas, stol va stullar) tayyorlanadi, M. toʻplam (1, 2, 3, 4 xonali xonadonlarga moʻljallab, bir uslub, bir xil material va bir xil rangda tayyorlanadigan komplekt), garnituralar (yotokxona, kabinet, oshxona, mehmonxona kabi maxsus xonalarga moʻljallangan, bir uslub, bir xil rang, bir xil materiallardan) ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda Yevropa uslubidagi M.lar milliy uslubdagi M.lar bilan uygʻunlashib ketgan. Yengil uslubdagi M.lar bilan birga klassik uslubdagi zalvor M.lar yana rayem boʻla boshladi (yana qarang Mebel sanoati).[1]


Mebel nafaqat kundalik ishlar uchun ishlatiladi, u dekorativ sanʼat asari yoki diniy ahamiyatga ega ham boʻlishi mumkin. Anʼanaviy mebelda mahalliy madaniyat aks ettirilgan.

Mebel turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil