Jerome David Salinger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jerom Devid Selinjer (ingl. Jerome David Salinger, 1 yanvar 1919, Nyu-York — 27 yanvar, 2010, Kornish, Nyu-Gempshir) — amerikalik yozuvchi. Uning eng mashhur asari The Catcher in the Rye. Selinjer Manxettenda oʻsgan, oʻrta sinflarda hikoyalar yoza boshlagan. Uning bir necha qisqa hikoyalari 1940-yillarning boshlarida nashr etilgan. Ular Uit Byornett asos solgan „Story“ jurnalida chop etilgan. Selinjer Ikkinchi Jahon Urushida qatnashgan. 1948 yilda u, tanqidchilar tomonidan baland baxolangan „A Perfect Day for Bananafish“ nomli asarini, The New Yorker jurnalida chop etadi. 1951-yilda Selinjer „The Catcher in the Rye“ nomli romanini nashr etadi. Bu roman dabdabali muvaffaqiyatga ega boʻladi. Bu asar yosh avlodga katta taʼsir koʻrsatdi va haligacha eng koʻp oʻqiladigan asarlardan biri hisoblanadi. Asar yiliga 250 ming nusxada chop etiladi.

Muallifning "The Ocean Full of Bowling Balls" nomli hikoyasi xech qayerda chop etilmagan. Ammo ushbu kitob Prinston universitetining kutubxonasida mavjud. Faqatgina universitet talabalari hikoyani o`qish imkoniyatiga egadirlar. Selinjerning vafotidan 50 yil o`tgach, ya`ni 2060 yil 27 yanvar kuni "The Ocean Full of Bowling Balls" ommabop nashr etiladi.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.