Jeff Bezos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jeff Bezos
Tavalludi
Jeffrey Preston Jorgensen

12-yanvar 1964-yil (1964-01-12) (60 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi
Turmush oʻrtogʻi MacKenzie Tuttle
(1993—2019)
Bolalari 4
Ota-onasi
  • Miguel Bezos
    (Ted Jorgensen)
  • Jaklin Bezos
Veb-sayti jeffbezos.com
Imzosi

Jeffrey Preston Bezos (talaffuzi: Jeffri Preston Bezos; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan)[1] amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir[2][3]. Bezos 1994-yilda hozirda jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi uchinchi eng badavlat inson hisoblanadi[4][5].

Bezos AQShning Albukerke shahrida tugʻilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida oʻtgan. 1986-yilda Princeton universitetini tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya avvalboshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan. 2021-yilning sentyabrida Mail.ru asoschisi Yuriy Milner bilan birgalikda Altos Labs nomli biotexnologik kompaniyaga asos solgan[6].

2021-yilda Bezos „Amazon“ kompaniyasi ishchilari birlashishi va kasaba uyushmasi tuzishiga qarshi ekanini bildirdi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jeff Bezos pronounces his name“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.; and Robinson (2010), p. 7.
  2. Roulette, Joey. „Jeff Bezos Is Getting Astronaut Wings. But Soon, the F.A.A. Won't Award Them.“ (en-US). The New York Times (2021-yil 10-dekabr). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
  3. „FAA Commercial Human Spaceflight Recognition“.
  4. „Bloomberg Billionaire Index – Jeff Bezos“.
  5. „Jeff Bezos“. Forbes.
  6. Regalado, Antonio. „Meet Altos Labs, Silicon Valley's latest wild bet on living forever“. MIT Technology Review (2021-yil 4-sentyabr). 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  7. „«Amazon» компанияси асосчиси Жефф Безос ишчиларига қарши курашади“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 31 март.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]