Jamshed Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jamshed Hilolovich Karimov
Ҷамшед Ҳилолович Каримов
 5-Tojikiston Bosh vaziri
Mansab davri
1994-yil 2-dekabrdan – 1996-yil 8-fevralgacha
Oʻtmishdoshi Abdujalil Samadov
Vorisi Yahyo Azimov
Dushanbe KP 1-kotibi
Mansab davri
1989-yildan – 1991-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-avgust 1940-yil (1940-08-04) (83 yosh)
Dushanbe
Mukofotlari

Jamshid Karimov (tojikcha: Ҷамшед Ҳилолович Каримов) – Tojikiston bosh vaziri (1994-1996)[1][2][3].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1962-yilda Moskva yengil sanoat institutini va 1968-yilda SSSR Fanlar Akademiyasi Markaziy iqtisodiy-matematik Institutini aspiranturasini tugatgan.

1962-1981 – tojikiston davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, Tojikiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot Instituti Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, direktor oʻrinbosari, direktor, Tojikiston davlat rejalashtirish qoʻmitasi iqtisodiy-matematik instituti direktori boʻlib ishlagan.

1989-1991 yillarda Dushanbe shahar partiya qoʻmitasi birinchi kotibi.

1991-1992 yillarda – Bosh vazir birinchi oʻrinbosari.

1992-1994 – Bosh vazir vazifasini bajaruvchi.

1994-yilda – Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat boʻyicha Davlat maslahatchisi.

1994-yildan 1996-yilgacha bosh vazir.

1996-1997 – Tojikiston Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha maslahatchisi.

1997-yilda Tojikistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]