Jambil (tuman, Jambul viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jambil tumani
qozoqcha: Жамбыл ауданы
tuman
Tarkibida Jambul viloyati
Maʼmuriy markazi Asa
Asos solingan sanasi 1928-yil
Aholi (2014) 78,613 (2014)[1]
Zichligi 18,3 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 70,5%
Dunganlar - 9,4%
Kurdlar - 5,9%
Turklar - 5%
Ruslar - 4,3%
boshqalar -4,9%
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 4 300 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72633 xxxxx [2]
Pochta indeksi 0802xx [3]
Avtomobil raqami kodi H, 08
Xaritada
Jambil tumani xaritada
Koordinatalari: 42°53′31.2″N 71°5′24.0″E / 42.892000°N 71.090000°E / 42.892000; 71.090000 G O

Jambil tumaniJambul viloyatining janubi-gʻarbidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 4,300 km2[4]. Aholisi 78,6 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 18,3 kishidan toʻgʻri keladi (2014). Tuman markazi — Asa qishlogʻi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 78,6 ming kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 18,3 kishidan toʻgʻri keladi (2014).

Nomlanishi\yil 1999-yil 2000-yil 2001-yil 2002-yil 2014-yil
Jambul tumani 70,3 ming 70,2 ming 71,1 ming 71,3 ming 78,6 ming

Miliiy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining yarmidan ziyodini qozoqlar tashkil qiladi. Jambul tumanining milliy tarkibi quyidagicha (2014):

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1928-yil Auliye-Ata nomi bilan tashkil topdi. 1936-yilda tuman nomi Mirzoyan nomiga oʻzgartirildi. 1938-yilda esa tumanining hozirgi nomi berildi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –6 – 7 °C, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22°С-26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250–400 mm.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2014 года“. 2015-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  2. „Jambul viloyatining telefon kodlari“. 2015-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  3. „Jambul viloyatining pochta kodlari“. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  4. Административно-территориальное деление Жамбылской области, 2009-05-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-02