Farishta
| Din asoslari |
| Allohning birligi Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
| Asosiy ibodatlar |
| Iymon Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
| Muhim Shaxslar |
| Muhammad Abu Bakr •Umar |
| Muqaddas Matnlar |
| Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
| Islomdagi mazhablar |
| Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
| Jamoat |
| Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
| İslom Portalı |
Farishta — iudaizm, xristianlik, islom va b. baʼzi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot. F. sonsanoqsiz boʻlib, har biri maʼlum vazifani bajaradi. Mas, islomda qar bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi F.lar, jannat va doʻzaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi (Munkar va Nakir), Alloh taxtini osmonda koʻtarib turuvchi va b. xizmatlarni bajaruvchi F.lar mavjud deb karaladi. Bu F.lardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh F. hisoblanadi.
Farishta arabcha (arab tilida: ملاك) Islomiyatda — aqlliy va ozod mavjudod. Allah’ni xamma buyruqlarini soʻzsiz bajarishadi (oʻzi Allah’ni ularga extiyoji yoʻq, lekin ularni yaratib, oʻzlarini chegarasiz idroklari boʻyicha qoʻllanadi) Farishtalar koʻzga koʻrinmiydi, lekin oʻzi xohlaganda yoki Xudodan buyruq olganda koʻrinishi mumkin. Ular nurdan yaratilgan. — xavoda parvoz qilishni bilishadi. farishtalarni xar-xil turi mavjud.
Farishtalarni taniqli turlari [tahrir]
- Farishta Jabroil — Unga Allah’ni muqaddas ochiqlamalarini paygʻambarlarga yetkazish vazifasi topshirilgan.
- Farishta Mikoil — Samo qoʻshiniga boshliqlik qiladi.
- Farishta Israfil — Qiyomat kunida unga Shox’ga puflash amr etilgan.
(shox’ga puflaganda yer yuzi portlab ketadi)
- Malak ul mavt — Oʻlim farishtasi, unda ism yoq, lekin koʻpchilik uni Azroil deyishadi, lekin xech qanaqa, Oʻlim farishtasini ummuman ismi borligiga aniq malumot yoʻq. Na qur’onda na xadis’da uni ismi yozilmagan. Malak ul mavt soʻzini tarjimasi — Oʻlim farishtasi’dir
- Harut va Marut Farishtalari — Qur’on oyatlarida 102 martta eslatiladi.
- Farishta Idris — Farishta, bilim manbaʼsi.
- Farishta Malik — Jahannamni (doʻzoxni) qoʻrovlovchi.
- Munkar va Narik Farishtalari — Qabristonda (mozorda) odamlarni soʻroq qiladigan Farishtalar.
insonni o‘ng yelkasidaki insonni yaxshi ishlarini (savoblarini) yozadigan farishta va chap yelkada insonni yomon ishlarini (gunoxlarni) yozib turuvchi farishta. farishtalar guruxi. Allahni ularni xizmatisiz insonni xamma ishlarini biladigan zotdir, lekin inson vafotidan keyin u yozuvlar xujjat tariqasida qoʻllaniladi. Hamda, insonni har-hil mahluqlardan himoya qiladigan, ichki tuygʻu orqali baxtsiz xodisalardan habar beradigan himoyachi farishta. U farishta, Olloh qudrati bilan yordam beradi va Allah buyrugʻi bilan chekinadi. yaʼni, insonni sinovdan yolgʻiz oʻzi oʻtishga majburiy boʻganida yoki ajali yetganda (va x.k.z) u farishta himoyada qatnashmiydi.
Havolalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |